Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda va jamoa sardori Lyudmila Karachik Avstraliyaga qarshi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Midori Honda:

Ertangi oʻyin haqida
– Biz mana shu yergacha yetib kelganimiz kutilmagan natija emas. Biz bunga yetarlicha tayyorgarlik olib bordik. Yigʻinlar davomida bor kuchimizni ishga solib mashgʻulotlar oʻtkazdik va ertangi oʻyinga tayyorgarlik olib bordik. Ertaga chiroyli oʻyin koʻrsatamiz deb oʻylayman.

Qizlarimizning holati yaxshi. Biz oʻz uyimizda oʻynaymiz va bu bizga ustunlik beradi.

Ertaga uslub qanday boʻladi
– Bizda Yaponiya bilan oʻyinda himoyaviy oʻyin koʻrsatdik, lekin imkoniyatlar ham yaratdik. Ertangi oʻyinda faqat himoyada oʻynamoqchi emasmiz. Rejamizga tayanib, imkoniyatlar yaratamiz.

Lyudmila Karachik:

Ertangi oʻyin haqida
– Ertaga muhim oʻyinimiz bor. Qizlar tayyor. Oʻz oʻyinimizni koʻrsatib, yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

Himoyasi haqida
Nafaqat himoya, barcha chiziqlarimiz tayyor. Biz oʻzimizga kerakli natijani qayd etishimizga ishonaman.