O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar Toshkent shahrida joylashgan futbol mahorat maktabiga tashrif buyurdi.
O’FA mutasaddilari 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturidan o’rin olgan rekonstruksiya ishlarini ko’zdan kechirib, mas’ul quruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashdi.
Ravshan Ermatov ushbu hudduda davom etayotgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini yanada jadallashtirish, futbol maydonlari va sport zallarini sifatli tarzda barpo etish hamda zamon talablariga mos zarur jihozlar bilan ta’minlash bo’yicha o’z takliflarini bildirildi. Uchrashuv davomida rekonstruksiya loyihasi bilan tanishib chiqildi va qurilish ishlaridagi mavjud kamchilik va xatolarni tuzatish yuzasidan mas’ul mutaxassislarga tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
Loyihaga ko’ra ushbu futbol mahorat maktabida 3 ta futbol maydoni, 2 ta sport zali va 254 o’ringa mo’ljallangan mehmonxona majmuasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.