Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazadi.

18-27 avgust kunlari tashkil etiladigan yig’in doirasida ayollar terma jamoamiz Eron vakillariga qarshi ikkita o’rtoqlik o’yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar 23- va 26-avgust kunlari “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tadi.

Murabbiylar shtabi 10 kun davom etadigan ushbu yig’inga 23 nafar futbolchini jalb etgan.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi sentabr oyida yurtimiz maydonlarida o’tadigan Osiyo kubogi saralash bahslarida Janubiy Koreya va Mongoliya vakillari bilan kuch sinashadi.

Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari

23-avgust | 17:00
O’zbekiston – Eron

26-avgust | 17:00
O’zbekiston – Eron

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1. Tilovova Laylo Darvozabon “Sevinch”
2. Jonimqulova Maftuna Darvozabon “Sevinch”
3. Boymatova Gulandon Darvozabon “Metallurg”
4. Nazarova Zumrat Himoyachi “Paxtakor”
5. Risqiyeva Kamola Himoyachi “Bunyodkor”
6. Ilasheva O’g’iloy Himoyachi AGMK
7. Asadova Dilrabo Himoyachi “Bunyodkor”
8. Shodiyeva Laylo Himoyachi “Sevinch”
9. Zarbiyeva Tanzilya Himoyachi “So’g’diyona”
10. Shoyimova Maftuna Himoyachi “Sevinch”
11. Kamoltoyeva Nozima Himoyachi “Metallurg”
12. Zaripova Kamila Yarimhimoyachi AGMK
13. Narbekova Lianna Yarimhimoyachi “Ortodoks” (Iordaniya)
14. Nozimova Dildora Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
15. Turdaliyeva Irodaxon Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
16. Burxonova Malika Yarimhimoyachi ”Sevinch”
17. Zoirova Umida Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
18. Galimova Saida Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
19. Turdiboyeva Feruza Yarimhimoyachi AGMK
20. Xabibullayeva Diyora Hujumchi “So’g’diyona”
21. Norboyeva Aziza Hujumchi “Bunyodkor”
22. Karachik Lyudmila Hujumchi “Bunyodkor”
23. Qudratova Nilufar Hujumchi “Sevinch”