Free ebooks Library zlibrary project

22-28-noyabr kunlari o‘tkazilgan “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchiligi” o‘z yakuniga yetdi.

U-15 jamoalari ishtirok etgan musobaqada “Paxtakor” jamoasi g‘olib bo‘ldi. “Bunyodkor” futbol akademiyasi kumush, “Odil Junior” jamoasi esa bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi – Sadriddin Hasanov (“Bunyodkor”)
Musobaqaning eng yaxshi to‘purari – Muhammadyusuf Fayzullayev (“Odil Junior”)
Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni – Ibrohim Shokirov (“Paxtakor”)

U-16 jamoalari ishtirok etgan musobaqada “Odil Junior” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan “Bunyodkor” futbol akademiyasi kumush, Toshkent futbol akademiyasi jamoasi esa bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi – Orzubek Turg‘unov (“Bunyodkor”)
Musobaqaning eng yaxshi to‘purari – Akmal Ahmadov (“Odil Junior”)
Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni – Zikrillo Xotamjonov (“Odil Junior”)