Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasidagi soʻnggi turda Falastin jamoasi Filippin ustidan gʻalaba qozonib, oʻz guruhida peshqadamga aylanib oldi.

Guruhning ikkinchi bahsida Yaman Moʻgʻuliston bilan oʻynaydi. Biroq ushbu guruhda 2-oʻrinni egallagan jamoa 4 ochkodan koʻp jamgʻara olmaydi.

Shu sababli qolgan guruhlardagi 6 ochko toʻplagan jamoalar — Oʻzbekiston, Tailand, Iordaniya, Gong-Kong, Hindiston, Bahrayn, Tojikiston va Qirgʻiziston muddatidan avval Osiyo chempionatiga yoʻllanma olishdi.