Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi mashgʻulotlarini boshlaydi. Yigʻinning dastlabki qismi Toshkentda boʻlib oʻtadi, keyin esa jamoamiz Osiyo Kubogining saralash bahslarida ishtirok etish uchun Namanganga yoʻl oladi.

Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes mazkur yigʻinlarga jalb etilgan futbolchilarining kengaytirilgan roʻyxatini eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan 5 nafar futbolchi ham milliy jamoa kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Sloveniyalik mutaxassisning soʻroviga koʻra, ularning ayrimlari keyinchalik milliy terma jamoa yigʻiniga ham jalb etilishi mumkin.