Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Oʻzbekiston va Qozogʻiston terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Ushbu bahs oldidan Qozogʻiston futbol federatsiyasi prezidenti Adlet Barmenkulov OʻFAga tashrif buyurdi va OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bilan uchrashdi.

Dastlab Ravshan Irmatov mamlakatlarimiz oʻrtasida yaqin qoʻshnichilik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. Oʻz navbatida, Qozogʻiston futbol federatsiyasi rahbari Adlet Barmenkulov yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini aytdi.

Uchrashuv davomida Ikki davlatda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, oʻzaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari keng muhokama qilindi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qozogʻiston futbol federatsiyasi oʻrtasida memorandum imzolandi.

Memorandumda ikki mamlakatlarning barcha yosh toifalardagi terma jamoalari hamda klublari ishtirokida xalqaro musobaqalar va oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish boʻyicha bandlar mavjud. Murabbiylar, hakamlar va yana qator yoʻnalishlar boʻyicha futbol mutaxassislarini tayyorlash uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, bolalar futbolini rivojlantirishga koʻmaklashish nazarda tutilgan.