Free ebooks Library zlibrary project

Midori Honda:

— Milliy terma jamoalar uchun ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu turnirni intiqlik bilan kutdik, boisi turnirda ishtirok etish har bir jamoa uchun foydali boʻlishiga ishonchim komil.

— Bosh murabbiy etib tayinlanganimdan buyon Turkiyada yigʻin oʻtkazdik va u yerda oʻrtoqlik turnirida ishtirok etdik. Shuningdek, AQSh termasiga qarshi 2 ta safar oʻyinini oʻtkazdik. Oʻylashimcha, bu boradagi harakatlarimiz oldinni oʻylab qilingan ishlar sirasiga kiradi. Chunki mazkur oʻyinlarda barcha raqiblarini magʻlub etish vazifasini oʻz oldimizga qoʻymaganmiz. Biz, birinchi galda, qizlarimizni tekshirib olish va xalqaro uchrashuvlardagi tajribalarini orttirishni maqsad qilgandik, dedi yaponiyalik mutaxassis.

Shuningdek, matbuot anjumanida ishtirok etgan Eron ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Maryam Azmun ushbu turnirda Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari favorit ekanligini, yaponiyalik mutaxassisning Oʻzbekiston ayollar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan xursandligini aytib oʻtdi. Murabbiy Oʻzbekistonning AQShga qarshi oʻyinlarini kuzatgani, yaxshi natijalarga erishish uchun eng kuchli raqiblarga qarshi oʻynash muhimligini qoʻshimcha qildi.

Shundan soʻng murabbiylar esdalik uchun suratga tushdilar.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi CAFA turniridagi ishtirokini 11-iyul kuni Tojikistonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.