Free ebooks Library zlibrary project

Namanganda toʻrtta yosh toifasida oʻtkazilayotgan OʻFA birinchiligining final bosqichiga qurʼa tashlandi.

Dastlab 14 va 16 yoshli futbolchilar bahslarga kirishadilar. Jami 12 ta jamoa toʻrttadan guruhga boʻlingan holda bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

Guruhlar tarkibi quyidagicha koʻrinish oldi:

U-14 yosh toifasi:

“A” guruhi: Buxoro FMM, Zomin FK, Nasaf FA;

“B” guruhi: Fargʻona FMM, Bunyodkor FK, Odil Junior XFM;

“С“ guruhi: Namangan FMM, Navoiy FMM, Toshkent sh. FMM;

“D” guruhi: Paxtakor FK, Surxon FM, Qoraqalpogʻiston FMM.

U-16 yosh toifasi:

“A” guruhi: Buxoro FMM, Bunyodkor FK, Andijon FMM;

“B” guruhi: Toshkent sh. FMM, Qashqadaryo FMM, Navbahor FK;

“С“ guruhi: Zomin FK, Odil Junior XFM, Samarqand FMM;

“D” guruhi: Xorazm FK, Nasaf FA, Paxtakor FK.