Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Avval xabar berganimizdek, OʻFA tomonidan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun yaponiyalik tajribali mutaxassislarni taklif etish borasida ishlar olib borilmoqda. Rejaga muvofiq, bosh murabbiy lavozimiga nomzod Midori Honda va uning yordamchisi Takaya Tsutsumi Oʻzbekistonga yetib keldi hamda OʻFA rahbariyati bilan uchrashdi.

Dastlab, yaponiyalik mutaxassislar mamlakatimiz futboli tarixi bilan tanishdilar. Shuningdek ularga bugungi kunda yurtimizda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan eʼtibor haqida maʼlumotlar berildi. OʻFA rahbariyati tomonidan yangi murabbiy yordamida tartib, intizom, kurashuvchanlik kabi yapon mentalitetiga xos xislatlarni mamlakatimiz futbolida yanada kuchaytirish, jamoamizni yangi darajaga olib chiqish kabi maqsadlar koʻzlanganini taʼkidlab oʻtildi. Oʻz oʻrnida, yaponiyalik mutaxassislar bu yoʻlda bor kuch-gʻayratlarini ishga solishga tayyor ekanligini bildirishdi. Shundan keyin Midori Honda bilan shartnoma masalasida dastlabki muzokaralar olib borildi. Yaponiyalik tajribali mutaxassislarning vazifalari muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Maʼlumot uchun, Midori Honda 17 yoshidan boshlab 10 yil davomida Yaponiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1991-yilda oʻtkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan. Osiyo oʻyinlarida jamoasi bilan birgalikda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini 2001-yilda “Okayama” klubida boshlagan. Keyinchalik Yaponiya U-20 ayollar jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida ishlab, Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2013-2019-yillar davomida “Nagano Parseyro”, 2020-2021-yillarda esa “Sidzuoka SSU Asredjina” klubini boshqardi. Bundan tashqari, Midori Xonda Yaponiyada JFAning “S” kategoriyadagi litsenziyani olgan ilk ayol murabbiy hisoblanadi.