Free ebooks Library zlibrary project

Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida UEFA Assist loyihasi doirasida futbol mutaxassislari malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan UEFA STEP Senior Team Executive Programme dasturi boʻyicha oʻquv-seminari tashkil etildi.

UEFA STEP dasturi futbol assotsiatsiyalari hamda professional futbol ligalarida faoliyat olib borayotgan yetakchilik xislatlariga ega mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturning maqsadi ularga ish faoliyatining barcha yoʻnalishlarida Yevropa futbolining eng oldi tajribasini oʻrtoqlashish va zamonaviy futbol koʻnikmalarini singdirishdan iborat.

7-11 noyabr kunlari Ostona shahri mezbonlik qilgan seminarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh buxgalteri Surayyo Poʻlatxoʻjayeva, Musobaqalar oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Muhammad-Sodiq Sodiq Oxunov va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Zoxirjon Akramxonov ishtirok etdi.

Seminar davomida futbol tuzilmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, strategik boshqaruv, sport tashkilotlari moliyasini yuritish, musobaqalarni oʻtkazish, futbol uchrashuvi qaydnomalarini elektronlashtirish, media, marketing va homiylar bilan ishlash kabi mavzularda UEFA akademiyasi mutaxassislari interfaol uslubda maʼruzalar olib borishdi.