Free ebooks Library zlibrary project

Suhbat davomida OʻFA tomonidan soʻnggi paytlarda ayollar futbolini ommaviylashtirish, mavjud sharoit va kamchiliklarni oʻrganib borish hamda ularni bartaraf etish, bosqichma-bosqich rivojlantirish borasida tizimli ishlar qilinayotgani ta’kidlandi.
Xususan, ayollar milliy terma jamoasi oldiga Olimpiada va Jahon chempionatida ishtirok etish vazifasi qoʻyilgani, bu yoʻlda xalqaro maydonda oʻz oʻrniga ega jamoalar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, doimiy tajriba orttirib borish muhim ekanligi aytib o’tildi. Ilgari ayollar jamoasi bilan bu kabi oʻyinlar tashkil etish muammo boʻlgani, endilikda bu masalada oldinga qadamlar tashlangani qayd etildi.

Shuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun OʻFA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi maʼlum qilindi. Oʻz oʻrnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi. Murabbiylar shtabi bilan tayyorgarlik jarayoni va jamoaning mashgʻulotlari va ayni paytdagi holati xususida suhbatlashildi.

Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sogʻligi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoni borasida maʼlumotlar eshittirildi. Futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirishga koʻrsatma berildi.