Free ebooks Library zlibrary project

7-9 mart kunlari nogiron-amputantlar o‘rtasida futbol bo’yicha O‘zbekiston chempionatining 1-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Namangan, Andijon, Farg‘ona, Zomin (Jizzax), “Baynalminal” (Toshkent) hamda “Matonat” (Toshkent) jamoalari o’zaro bahs olib bordi.

Musobaqa reglamentiga ko’ra jamoalar har bir turda 5 ta o’yin o’tkazishi belgilab qo’yilgan bo’lib, dastlabki bellashuvlarga Namangan viloyati Kosonsoy tumani mezbonlik qildi.

Navbatdagi 2-tur uchrashuvlarini may oyida Olmaliq shahrida tashkil etish reja ostiga olingan.