Free ebooks Library zlibrary project

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo’nalishlari bo’yicha ikki davlat rahbarlari tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi.

Bugun O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Qirg’iz futbol uyushmasi Hakamlik qo’mitalari raislari Bobur Haydarov va Bahodir Qo’chqorov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda ikki mamlakat futbol tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, futbol orqali xalqlar do‘stligini yanada mustahkamlash, futbol mutaxassislari va hakamlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish amaliyotini yo’lga qo’yish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Qirg’iz futbol uyushmasi Hakamlik qo’mitalari kelgusida futbol hakamligi sohasida o‘zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish bo‘yicha Memorandum imzoladi.