Free ebooks Library zlibrary project

Zamonaviy odamning hayot tarzi shiddatli boʼlib, bu bizni doimiy yuklama ostida yashashga majbur qiladi. Har kuni koʼplab dolzarb vazifalarni hal qilamiz, tezda maqsadlarimizga erishmoqchi boʼlamiz. Doimiy hamrohimiz esa bu bizni tushkunlikka tushiradigan hamda aqliy va jismoniy salomatlikka tuzatib boʼlmaydigan zarar yetkazadigan stressdir.

 

Ruhiy olamni sokinlashtirishning eng oson va samarali usullaridan biri bu – meditatsiya. Bu omil odamga stress darajasini pasaytirish, qoʼrquv, ruhiy tushkunlik, vahimaga qarshi kurashish, eʼtibor kontsentratsiyasini oshirishga yordam berishi ilmiy asoslangan.

Аksariyat odamlar «meditatsiya» atamasining maʼnosini toʼliq tushunishmaydi. Koʼpchilik uchun bu soʼz Buddist rohiblari va ruhiy-xayoliy marosimlar bilan bogʼliq, deb oʼylashadi. Ayni paytda meditatsiya aql uchun mashqdir. Badan mushaklari singari, ongni ham mashq qildirib turish kerak. Ushbu usuldan foydalanib, siz tafakkurni yaxshiroq ishlashiga erishishingiz, chuqur dam olishga oʼrganishingiz yoki aksincha, biror topshiriqqa diqqatni jamlashingiz mumkin boʼladi.

 

Soʼnggi yillarda meditatsiya sport olamida tobora ommalashib bormoqda, bu yerda har qanday shaklda mukammal muvofiqlashtirish, ong va tana harakatini jipslashtirishdek fazilatlarga ega boʼlish muhim sanaladi. Aql va tananing oʼzaro aloqasi boʼlmasa, yuqori natijaga erishish mumkin emas.

BATAFSIL MOQ saytida o’qing!

Olympic.uz – so’nggi sport yangiliklari sayti!