Free ebooks Library zlibrary project

Karantin paytida oyoqlarda qanday mashqlar qilish kerakligini bilasizmi? Unda suratlarimizni varaqlang va undagi harakatlarni takrorlang!

  1. Oldimizga stul qoʼyamiz, qoʼllarimizga gantel olib, oʼng oyogʼimizni stul ustiga qoʼyamiz. Keyin chap oyoqni polga tushiramiz. Ushbu mashqni har bir oyogʼingizda 5 martadan takrorlang.
  2. Keyin oʼtirib-turish mashqiga oʼtamiz. Oyoqlarimizni yelka kengligida ochamiz, qoʼllarni yelkaga qoʼyib, oʼtirib-turamiz. Gavdani tik tutib, qoʼllarni oldinga uzatamiz. Keyin boshlangʼich pozitsiyasiga qaytamiz. Shundan soʼng mashqni 15 marta takrorlaymiz.
  3. Endi yana gantellarga qaytamiz. Ularni qoʼlimizda ushlab turamiz, gavdammzni tik ushlab, oʼng oyoq bilan oldinga katta qadam tashlaymiz. Ikki soniya shunday turgach, boshlangʼich holatga qaytamiz. Endi chap oyoq bilan xuddi shu mashqni takrorlang. Hammasi boʼlib, har bir oyoq uchun 5 tadan urinish kifoya.
  4. Endi eng foydali mashq! Planka! Yerga yotib, tirsaklarimizga suyanib, oyoqlarimizni toʼgʼrilaymiz va bu holatni 30 soniya davomida ushlab turamiz. Shunga alohida eʼtibor qarating – tanani toʼgʼri chiziqda ushlab turish kerak!

 

Ajoyib! Ushbu mashqlarni haftada bir necha marotaba takrorlasangiz, siz tez orada ijobiy oʼzgarishlarni sezasiz!