Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7 ta Osiyo kubogida ishtirok etgan va raqiblar darvozasini 42 bor ishg‘ol qilgan.

Milliy jamoamizning Osiyo kuboklaridagi eng yaxshi to‘purari Aleksandr Geynrix hisoblanadi. Unda 6 ta gol mavjud.

Maksim Shatskix, Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov 4 tadan gol bilan ikkinchi, Mirjalol Qosimov va Ulug‘bek Baqoyev – 3 tadan gol bilan uchinchi pog‘onani egallab turishibdi.

Timur Kapadze, Server Jeparov va Sardor Rashidov – 2 tadan, Igor Shkvirin, Oleg Shatskix, Sergey Lebedev, Sergey Lushan, Vladimir Shishelov, Aziz Ibragimov, Pavel Solomin, Igor Sergeyev, Vohid Shodiyev, Javohir Siddiqov va Jaloliddin Masharipov bittadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lishgan, yana bir gol esa raqib futbolchisi hisobiga yozilgan.

Odil Ahmedov uchta Osiyo kubogida (2011, 2015 va 2019-yillar) gol kiritgan yagona futbolchimiz hisoblanadi.

Mirjalol Qosimov (2000 va 2004-yil) va Odil Ahmedov (2011 va 2019-yil) ikkitadan Osiyo kubogida terma jamoamizning dastlabki goliga mualliflik qilishgan.