Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино вас ждут лучшие игры и привлекательные бонусы. Простая регистрация и зеркала для быстрого входа обеспечат вам комфортную игру. Не забудьте использовать промокоды для увеличения шансов на выигрыш.

U-23 Osiyo chempionati 3-o‘rin uchun uchrashuvi – Avstraliya – O‘zbekiston qarama-qarshiligi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

– Ertaga bizni juda muhim uchrashuv kutib turganini yaxshi anglab turibmiz. Oson o‘yin bo‘lmaydi. Avstraliya – ancha jiddiy raqib. Raqib tarkibida bir qator tajribali va mahoratli o‘yinchilar bor. Raqib taktikalarini kuzatib chiqdik. Ular asosan 4-4-2 taktika asosida o‘ynaydi. Ertaga bor maksimumizni ishga solamiz. Zero, bo‘lajak bahs o‘zbek muxlislari va xalqi uchun muhimligini tushunib turibmiz. Umid qilamizki, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz, – dedi murabbiy.

– Saudiya bilan o‘yindan keyin, avvalo, ruhiy jihatdan, keyin jismoniy jihatdan o‘zimizga kelib olishimiz kerak edi. Endi Avstraliyadek kuchli raqibni mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak.  Buning uchun borimizni beramiz, – dedi Islomjon Qobilov.

–  Motivatsiya o‘yindan oldin juda muhi. Saudiya bilan o‘yindan keyin Tokio-2020 uchun bizda yana bir imkon bor. Yigitlarim ham ertanggi bahsda g‘alaba qozonish qanchalik muhim ekanligini tushunib turishibdi. Biz ham bor kuchimizga ishga solsak,  maqsadimizga yeta olamiz, – dedi Drulovich.

–  Har ikki jamoada ham imkoniyat 50/50. Bizda yaxshi o‘yinchilar bor. Men ularning imkoniyatiga ishonaman. O‘tgan o‘yinda ham g‘alaba uchun ancha yaqin keldik.  Lekin vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Ungacha har bir bahsda gol urayotgan edik. Endi ertaga shu kamchiliklarni qaytarmaslikka harakat qilamiz, – dedi Drulovich.

–  Murabbiyimiz aytib o‘tganidek, o‘yindan avval har ikki jamoada imkoniyat bir xil bo‘ladi. Eng oxirgi o‘yinlarga qaraydigan bo‘lsak,  Bahraynda o‘tgan U-19 Osiyo chempionatida biz Avstraliyani 3:2 hisobida mag‘lub etganmiz. Menimcha, uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahs finaldan ham muhimroq. Bu turnirga jamoalar Olimpiada yo‘llanmasi uchun kelishadi. Biz Tokio yo‘llanmasi uchun kurashamiz,  – Islomjon Qobilov.

–  Hozir nafaqat Doston, balki hamma o‘yinga tayyor. Avvalo, biz o‘zimizga ishonishimiz kerak. Jamoadagilar bir-biriga ishonib, bir-birini qo‘llab maydonda harakat qilsa, biz,  albatta, maqsada yeta olamiz. Men yigitlarimning salohiyatiga ishonaman, – deya ta’kidladi bosh murabbiy.