Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo’shma saralash bosqichi doirasida Gong Kong terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi, 63-daqiqada esa Hojimat Erkinov uzoq masofadan chiroyli gol kiritgan bo’lsa, jamoamizning 3-goliga Oston O’runov mualliflik qildi.
Shu tariqa, milliy jamoamiz 2026-yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi va 2027-yilgi Osiyo kubogiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Srechko Katanes boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 6-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.