Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 21-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Gong Kong terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi, 66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov burchakdan uzatib berilgan to‘pni bosh bilan raqib darvozasiga yo‘lladi va jamoamizning muhim g‘alabasini ta’minladi.

Srechko Katanes boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 26-mart kuni “Bunyodkor” stadionida Gong Kong terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.