Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Alisher Odilov hisobni ochdi, 50-daqiqada esa raqib futbolchisi hisobni tenglashtirgan bo’lsa, 54-daqiqada Husain Norchayev penaltidan gol kiritib, jamoamizga g‘alaba keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz Qatar mamlakati mezbonlik qiladi Osiyo kubogida ishtirok etadi. Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi ushbu turnir 15-apreldan 3-mayga qadar davom etadi.