Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 25-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati chorak final bosqichi doirasida Fransiya U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi va Ismoil Bounib tomonidan 83-daqiqada kiritilgan gol, o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining chorak final bosqichida o‘z yurishini to‘xtatdi. Jamoa 2011-yil Meksika maydonlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Aleksey Yevstafeyev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi qayd etgan natijani takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.