Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, ayni paytda kam sonli davom etayotgan chempionatlardan biri Belarus oliy ligasi bo’lib turibdi.

Jahon futbol jamoatchiligi e’tiborida bo’layotgan Belarus chempionatida bugun 2-tur o’yinlari start oladi. Yodingizda bo’lsa, o’tgan hafta 1-tur o’yinlari o’tkazilgandi. Hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev hamda Shohboz Umarov faoliyat olib borayotgan “Energetik BGU” klubi BATE bilan bahs yuritgandi edi. O’sha bellashuvda Yaxshiboev dubl qayd etib, debyutini chiroyli gollar bilan bezagan edi. Umarov esa o’yin so’nggida zaxiradan maydonga qo’shilgan edi.

Bugun Minsk klubi navbatdagi rasmiy o’yinini o’tkazadi. “Energetik BGU” bu gal Brestning “Rux” klubi maydonga safar uyushtiradi.

Umid qilamizki, hamyurtlarimiz bugun ham o’z klublari muvaffaqiyatiga xissa qo’shishadi.