Free ebooks Library zlibrary project

OFKga a’zo va hududiy assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari konferensiyasida FIFA prezidenti Janni Infantino soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda futbol taraqqiy etib borayotgani, yurtimiz mezbonligidagi futzal boʻyicha 2024-yilgi Jahon chempionati ham yuqori saviyada oʻtishiga ishonch bildirdi:

— Bugun ushbu tadbirda ishtirok etish men uchun katta sharaf. Anjumanni tashkil qilgani va Osiyoning barcha mamlakatlaridagi assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblarini birlashtirgani uchun OFK prezidenti Shayx Salmon va uning jamoasidan minnatdorman. Bunday anjumanlar barchamizni birgalikda ishlashga undaydi.

— Oʻzbekiston soʻnggi bir necha yil ichida futbolni rivojlantirish boʻyicha barchaga namuna boʻlmoqda. Men joriy yilning may oyida bu yerga kelganimda mamlakatda futbolga berilayotgan eʼtibor va erishilayotgan yutuqlarga guvoh boʻldim. Buning uchun Oʻzbekiston Prezidentiga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ikki hafta avval ham Nyu-Yorkda oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti haftaligida janob Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish sharafiga muyassar boʻldim.

— Bilasiz, kelasi yili futzal boʻyicha Jahon chempionati Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. Shuni ishontirib aytamanki, bu FIFA tarixidagi eng yaxshi futzal Jahon chempionati boʻladi.