Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Xanjariyev U-20 ayollar Osiyo kubogi oldidan oʻz fikrlarini bildirdi:

Osiyo kubogiga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rdik. 2022-yilda ushbu turnir mamlakatimizda o‘tkazilishi aniq bo‘lgan va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan reja ishlab chiqilgan edi. 2023-yil fevral oyida Xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashdik, mart oyida Tailandda o‘tgan Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etdik. Iyul oyida Minsk shahrida Belarus terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdik. Noyabr oyida esa Koreya Respublikasi terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Hozirda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga ko‘proq urg‘u qaratmoqdamiz.

Turnirda nafaqat Osiyo, balki jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Xitoy va Avstraliya singari jamoalar ham g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Bizni oldinda juda qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Ushbu musobaqa mamlakatimizda ayollar futboli yanada rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Guruh bosqichida yaxshi natija qayd etib, Jahon chempionatiga yo‘llanma olish – asosiy maqsadimiz.