Free ebooks Library zlibrary project

Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yili o’tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.

Bahodir Ahmedov qo’l ostidagi futzal terma jamoasi Toshkent shahrida 10-18 dekabr kunlari o’quv-mashg’ulot yig’inini olib boradi.

Murabbiylar shtabi “O’zbekiston” sport majmuasida tashkil etiladigan mazkur mashg’ulotlarga 18 nafar futzalchini jalb etdi.

Ma’lumot o’rnida futzal bo’yicha Osiyo chempionati 23-martdan 3-aprelga qadar Kuvayt mamlakatida bo’lib o’tadi. Guruh bosqichida futzalchilarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021-yilgi futzal bo’yicha Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi.

Yig’inga chaqirilgan futbolchilar ro’yxati:

Ism-familiya Amplua

Klub

1. Elmuradov Abbos Darvozabon “Xuasin”
2. Eliboyev Ravshan Darvozabon “Paxtakor”
3. Umarov Rustam Darvozabon AGMK
4. Ropiyev Ixtiyor Himoyachi AGMK
5. Erkinov Xushnur Himoyachi Metallurg
6. Adilov Mashrab Himoyachi “Paxtakor”
7. Raxmatov Anas Himoyachi AGMK
8. Abduvaliyev Avazbek Himoyachi “Paxtakor”
9. Xamroyev Ilxom Himoyachi AGMK
10. Nishonov Xusniddin Himoyachi AGMK
11. Solixov Abdulla Himoyachi AGMK
12. Raxmatov Dilshod Hujumchi “Xuasin”
13. Choriyev Davron Hujumchi AGMK
14. Usmonov Akbar Hujumchi “Paxtakor”
15. Jo‘rayev Sunnat Hujumchi “Paxtakor”
16. To‘lqinov Elbek Hujumchi “Maksam Chirchiq”
17. Shavkatov Dilmurod Hujumchi “Paxtakor”
18. Ibragimov Davlat Hujumchi “Xuasin”