22-23-oktyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi amaldagi Osiyo chempioni Yaponiya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 0:2, 3:4 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.
Bosh murabbiy Xose Venansio Lopezning O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi boshqaruvidagi ilk bahsda Takumi Nagasaka va Sora Kanazavaning gollari evaziga Yaponiya 2:0 hisobida g‘alaba qaozondi.
Ikkinchi uchrashuv esa teng kurashlar ostida kechdi va mehmonlarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 5-daqiqada Jamshid Rahmatullayev hisobni ochdi. 5 va 6-daqiqada Takumi Nagasaka ikkita gol kiritib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 15-daqiqada Sora Kanazava oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 26-daqiqada Elbek To‘lqinov, 36-daqiqada Ilhomjon Hamroyev gol kiritib, o‘yindagi muvozanatni tikladi. 38-daqiqada Yuto Tutsumi yana Yaponiyani hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 39-daqiqada Ilhomjon Hamroyev penaltidan gol kirita olmadi va shu tariqa uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.