Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo futbol konfederatsiyasi milliy terma jamoalar oʻrtasidagi 2024-yilgi Osiyo kubogi musobaqasi (AFC Asian Cup Qatar 2023™) uchun Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlanganini maʼlum qildi.

Qitʼa birinchiligi matchlari, oʻyinoldi tadbirlar va matbuot anjumanlari va mashgʻulotlarni oʻz nashrlarida yoritish istagidagi OAV vakillari dastlab https://media.the-afc.com orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. Jarayon muvaffaqiyatli yakunlanganidan soʻng, ommaviy axborot vositalari vakillariga “Ruxsatnoma” beriladi va elektron pochta orqali ular keyingi bosqichga yoʻnaltiriladi (“Hayya Media Portal”).

Keyingi bosqichda akkreditatsiya olish uchun roʻyxatdan oʻtish/arizani toʻldirishlari soʻraladi. OFK tomonidan soʻrov yuboruvchi OAV vakillari koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Akkreditatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 20-dekabriga qadar davom etadi.

Osiyoning eng yirik futbol turnirida qatnashib hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining musobaqadagi ishtirokini faol yoritib borishda barcha OAV vositalariga omad tilaymiz.