Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 11-oktyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhidan o‘rin olgan bahsda Iroq terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Husniddin Nishonov (dubl) va Elbek To‘lqinov raqib darvozasiga gol kiritgan bo‘lsa, Toriq Ziyod Sulaymon Iroqning yagona goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yil Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga guruh g‘olibi sifatida yo‘l oldi.

Saralash bosqichida 32 jamoa har biri 4 ta jamoadan iborat 8 guruhga bo‘lingan va o‘z guruhida 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar qit’a birinchiligiga yo‘llanma oladi. Shu tariqa 3-turdan so‘ng “G” guruhida 9 ochko jamg‘argan O‘zbekiston va 6 ochkoga ega Iroq terma jamoalari Osiyo kubogi ishtirokchisiga aylandi.