Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

FIFA bosh kotibi Fatma Samura Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda FIFA hamda OʻFA oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Dastlab Oʻzbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar, qoʻlga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida soʻz yuritildi. Xususan, Oʻzbekiston bugungi kunda ushbu tashkilot aʼzosi sifatida futbolni rivojlantirish, jumladan, hududlarda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish va mavjudini rekonstruksiya qilish, yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlash, ayollar futbolini taraqqiy ettirish, muhim xalqaro musobaqalarni oʻtkazish, texnik koʻmak boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan koʻplab tadbir va dasturlarni amalga oshirib kelmoqda.

Oʻz oʻrnida, FIFA Bosh kotibi Oʻzbekistonda futbolni targʻib etish va qoʻllab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatini yuksak baholadi.

Uchrashuvda, shuningdek, FIFA bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Jumladan, mamlakatimizda FIFA tasnifi boʻyicha yirik xalqaro musobaqalar, xususan, oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Tashkilot kelgusida ham Oʻzbekistonda xalqaro darajadagi futbol infratuzilmasini yaratish, uslubiy taʼminot, iqtidorli yosh futbolchilarni qoʻllab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash boʻyicha koʻmak berishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.

OʻFA rahbariyati FIFA bilan yaqin, keng koʻlamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan har doim mamnun ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Fatma Samura FIFA Oʻzbekiston bilan keng koʻlamli sheriklikni rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini taʼkidladi.