Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan assotsiatsiyaga professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarga yuqori malaka va ko‘nikmaga ega, xorijiy tajribani o‘zlashtirgan texnik direktor jalb etish yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda texnik direktorlar, murabbiylarning zamonaviy futbolda tutgan o‘rni, bu yo‘nalishdagi zamonaviy tendensiyalar muhokama qilindi. Ommaviy va professional futbolni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan dasturlarini yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish haqida so‘z bordi.
Yig‘ilishda, shuningdek, “O‘zbekiston futboli – 2030” loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.