Toshkent shahrida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri davom etmoqda. Bugun, 28-may kuni Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda jamoamizning gollariga Ahrorbek Ravshanbekov (dubl), Suxrob Sadirjanov, Husanboy Atabekov mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston U-16 terma jamoasi “A” guruhida 1-o‘rin egallab turnirning finaliga yo‘l
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 27-maydan navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz yig‘inning ikkinchi qismini xorijda davom ettirib, 4-iyun kuni Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing. Shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat yoshlar jamoamiz Fargʻonada Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bahslar 5 va
Milliy jamoa 28-may kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz 29-maydan yig‘inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi. Vakillarimiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 5-iyun kuni BAAga qarshi safarda oʻyin oʻtkazsa, 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Qatarni qabul qiladi. Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Marosim Doha shahrida oʻtkazildi. Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchaga joylashtirilgan edi. Qur’a yakunlariga ko‘ra, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz “J” guruhidan o‘rin oldi. Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o‘rinni
Bugun Toshkent shahrida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri start oldi. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi turnirdagi ishtirokini Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs bilan boshladi. Ushbu uchrashuvda Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamizning gollariga Ahrorbek Ravshanbekov (24′), Laziz Abduraimov (65′, 71′ pen.), Rustam Aliyev (74′) va Humoyun Sindarov (90+4’) mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston U-16