2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 25-maydan 4-iyunga qadar Hindistonning Bangalor shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Jamoamiz yig‘in doirasida 30-may, 3-iyun kunlari Hindiston terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. 30-may, 3-iyun
Hindiston
Oʻzbekiston
Hindiston, Bangalor
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2025–2029-yillar uchun mo‘ljallangan ayollar futbolini rivojlantirish strategiyasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Taqdimot davomida ayollar futboli yo‘nalishida amalga oshiriladigan asosiy strategik maqsad va yo‘nalishlar, jumladan, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, futbol infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro musobaqalardagi ishtirok, hamda ommaviylikni oshirish
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarligi, U-17 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki va Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda murabbiylar kengashi tomonidan terma jamoa futbolchilarini seleksiya qilish, jismoniy, texnik va taktik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tavsiyalar berilib, jamoalarimiz uchun zarur sharoitlar
Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan Milliy futbol markazi futbolimiz uchun muhim infratuzilma loyihasi hisoblanadi. Ayni paytda mazkur hududda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh qurilish holatini o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va kelgusidagi reja va topshiriqlarni belgilash maqsadida qurilish maydonida bo‘ldi. Markaz tarkibida zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini
BARCHA QURILISH TASHKILOTLARI DIQQATIGA! Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Farg‘ona viloyati futbol maktabi davlat muassasasiga sunʼiy qoplamali futbol maydonini yetkazib berish, oʻrnatish va montaj ishlarini amalga oshirish hamda sun’iy maysa granulalarini yetkazib berish boʻyicha bosh pudratchi tashkilotni tanlash yuzasidan O‘FA tomonidan tender eʼlon qilinadi. Obyektning narxi: 5 585 336 822 soʻm Obyektni foydalanishga topshirish muddati: 6