FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 15-iyul kuni Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. 18-iyuldan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida davom etadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida mahalliy klublarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati bilan tanishing.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 15-iyul kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoamiz “Mirabror Usmonov kubogi-2025” doirasida Saudiya Arabistoni va
Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati bilan tanishing.
Jamoliddin Rahmatullayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi kuz faslida Ozarbayjonga qarshi 2 ta uchrashuv o‘tkazadi. O‘yinlar 9 va 12-oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 9, 12-oktyabr
O‘zbekiston — Ozarbayjon
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. Superliga “Soʻgʻdiyona” — “Buxoro” Oʻzbekiston Superligasining 11-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Buxoro” uchrashuvidan soʻng “Buxoro” jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullayev tunnelga kirish mobaynida muxlislarga qarata nomaqbul ishoralar koʻrsatgani va provokatsion harakatlar qilgani muxlislarning noroziligiga sabab boʻlgan. Tartib-intizom
FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan ikki pogʻona yuqorilab, 55-oʻrindan joy oldi. Shuningdek, #MilliyJamoa Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan.