Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 1-turi doirasida Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Ueyd Jiovenali hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limning dastlabki daqiqasida Akbar Usmonov hisobni tenglashtirgan bo’lsa, 22-daqiqada Dilshod Rahmatov jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 36-daqiqada Rahmatov dubl qayd etdi va hisobni ikkita golga oshirdi. 38-daqiqada
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogidagi dastlabki uchrashuvi oldidan rasmiy mashgʻulot oʻtkazdi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston — Malayziya bahsi 17-aprel kuni soat 18:00 da start oladi.
Timur Kapadze boshqaruvidagi O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz turnirdagi dastlabki uchrashuvini 17-aprel kuni soat 18:00 da Malayziyaga qarshi o’tkazadi.
O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarga yetib bordi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz Parij Olimpiadasi yo’llanmasi uchun yurishini 17-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan 18:00 da Malayziyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Xabaringiz bor, 17-28-aprel kunlari Tailandda futzal boʻyicha Osiyo kubogi bahslari boʻlib oʻtadi. Unda qitʼamizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya vakillariga qarshi bahs olib boradi. Bugun OʻFA rahbariyati va futzal mutasaddilari mazkur yirik musobaqa oldidan Oʻzbekiston futzal milliy terma