Bugun Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining final uchrashuvida iroqlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Qitʼa chempionligini taqdim etuvchi ushbu uchrashuv poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 🏆 U-20 Osiyo kubogi 🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Iroq 🇮🇶 📆 18-mart | 19:00 🏟 “Bunyodkor” stadioni
Osiyo kubogi musobaqasining hal qiluvchi uchrashuviga bir kun qolmoqda. Ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chempionlik yoʻlida Iroq termasiga qarshi maydonga tushadi. Oʻzbekiston – Iroq 18-mart | 19:00 “Bunyodkor” stadioni
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va jamoa sardori Umarali Rahmonaliyev final oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Ravshan Haydarov Ertangi oʻyin haqida: Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor finalga qadar yetib kelishimizda bizni qoʻllab-quvvatlab turgan xalqimiz va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga bizni muhim oʻyin kutib turibdi. Mazkur uchrashuvga reja boʻyicha tayyorgarlik olib bordik,
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining yarim finalida Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” stadionida oʻtkazilgan bahsning asosiy va qoʻshimcha boʻlimlarida gʻolib nomi aniqlanmadi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi penaltilar seriyasida Koreyani 3:1 hisobida magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Koreya R. 🇰🇷 Penaltilar seriyasi: 🇰🇷 Koreya – ❌❌✅❌ 🇺🇿 Oʻzbekiston – ✅✅✅ Ravshan Haydarov jamoasi final uchrashuvida Iroq yoshlariga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin 18-mart kuni boʻlib oʻtadi.
Ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining yarim finalida Koreyaga qarshi uchrashuv oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi. Shuningdek, mazkur bahsda bosh hakam sifatida Abdulloh Jamali (Kuvayt) ishlaydi. Unga qanotlarda Ahmad Said Alrashdi (BAA) hamda Faysal Eid Alshammari (Qatar) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa ummonlik Qosim Matar Al-Hatmiga