Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchi Poʻlatxo‘ja Xoldorxonov Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Ravshan Haydarov Ertangi oʻyin haqida: Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor, bu bosqichga yetib kelgan jamoalarni tabriklayman. Shu oʻrinda, muxlislarimizga, futbolchilarga, ularning ota-onalari hamda tarbiyalagan murabbiylariga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Tiklanish-tayyorgarlik jarayonlari reja
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Avstraliya U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Oʻyinning asosiy va qoʻshimcha boʻlimlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Vakillarimiz penaltilar seriyasida 5:4 hisobidagi gʻalabani rasmiylashtirgan holda yarim final hamda Jahon chempionati 2023-Indoneziya yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Gollar: Gabriel Popovich 78ʼ, Zafarmurod Abdirahmatov 79ʼ. 🇦🇺 Avstraliya – ✅✅✅✅❌ 🇺🇿 Oʻzbekiston – ✅✅✅✅✅
Ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Avstraliyaga qarshi uchrashuv oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa toʻq sariq libosda harakatlanadi. Shuningdek, mazkur bahsda bosh hakam sifatida Ammar Ibrohim Hassan Mahfud (Bahrayn) ishlaydi. Unga qanotlarda Faysal Alavi Said (Bahrayn) hamda Nasser Salim Ambusaidi (Ummon) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa ummonlik
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va jamoa sardori Umarali Rahmonaliyev Avstraliyaga qarshi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Ravshan Haydarov Ertangi oʻyin haqida: Hammaga hayrli kun. Ushbu bosqichga yetib kelgan barcha jamoalarni tabriklayman. Chorak final oʻyinlari barcha uchun muhim hisoblanadi. Bilasiz, bu oʻyin Jahon chempionati yoʻllanmasini ham taqdim etadi. Shu sababli biz
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Hayrdarov uchrashuvdan soʻng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Oʻyin haqida: Indoneziyaga qarshi oʻyin biz uchun juda muhim edi. Shu sababli bor eʼtiborimizni mazkur oʻyinga qaratgan edik. Uchrashuvda gʻalaba qozonishni maqsad qilgandik, biroq bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqiblarimiz ham ajoyib oʻyin koʻrsatishdi, ular himoyada ancha tartibli oʻynashdi. Tarkibdagi oʻzgarishlar