Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Angliyaning Manchester shahrida xizmat safarida boʻldi. Tashrif doirasida “City Football Group” xolding kompaniyasi va “Manchester Siti” klubi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Safar davomida oʻzbekistonlik rasmiylar xolding Bosh operatsion direktori Rul de Fris, Boshqaruv direktori Denni Uilson, futbol biznesi boʻyicha bosh direktori Klayv Rivz va boshqa
Davlatimiz rahbari ikki yil oldin bu yerga tashrif buyurib, mavjud stadionga tutash hududda zamonaviy majmua bunyod etish zarurligini aytgan edi. Koʻp oʻtmay, 2023-yil 3-noyabrda “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori imzolandi. Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan mazkur markaz bunda juda muhim boʻgʻin. Bu yerda bir
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkent viloyatida seleksiya yigʻini oʻtkazayotganidan xabaringiz bor. Bugun Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari “Lokomotiv farm” jamoasiga qarshi nazorat oʻyinini oʻtkazib, 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Terma jamoaning gollariga Habibullayev, Adhamov va Qodirov mualliflik qildi. Boshlangʻich tarkib: Odinayev, Adhamov, Maratov, Abdusattorov, Shukurov, Shomurodov, Anvarov, Iskandarov, Odiljonov, Abdumajidov, Habibullayev. Zaxiradan tushganlar: Ismatullayev, Gʻaniyev, Poʻlatov,
2007-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi “Qiziltog‘” sport-sog‘lomlashtirish bazasida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Yigʻin davomida murabbiylar shtabi tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarni koʻrikdan oʻtkazish ishlari olib boriladi. Jamoliddin Rahmatullayev tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun “Do‘stlik” stadionida 2026-yilgi U-20 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhi 3-tur o‘yinlari o’tkazildi. Vladimir Panov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Jamoamizning gollarga, Diyora Baxtiyorova, Asalxon Aminjonova hamda Mehribon Egamberdiyeva mualliflik qildi. Shu tariqa O’zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi guruhda 1-o’rinni egalladi va