Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Ispaniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Ravshan Haydarov shogirdlari yigʻin doirasida Braziliya (U-20), Dominikan Respublikasi (U-20) va Gibraltar (U-21) terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. 22-aprel Oʻzbekiston 🆚 Braziliya 25-aprel Oʻzbekiston 🆚 Dominikan R. 27-aprel Oʻzbekiston 🆚 Gibraltar

1-18-mart kunlari yurtimiz mezbonligi ostida oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Qitʼa birinchiligi uchun oʻtkazilgan bahsning final uchrashuvida Oʻzbekiston hamda Iroq yoshlar terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar. Qiziqarli va kurashlar ostida oʻtgan bahsda oʻzbekistonlik yoshlar gʻalaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Iroq 🇮🇶 Gol: Umarali Rahmonaliyev 

Batafsil

Bugun Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining final uchrashuvida iroqlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Qitʼa chempionligini taqdim etuvchi ushbu uchrashuv poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 🏆 U-20 Osiyo kubogi 🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Iroq 🇮🇶 📆 18-mart | 19:00 🏟 “Bunyodkor” stadioni