Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan U-20 Osiyo kubogida ishtirok etish uchun koʻngillilarni taklif etadi. Volontyor sifatida qitʼaning nufuzli sport tadbirida ishtirok etish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ling. Buning uchun quyidagi soʻrovnomani ingliz tilida toʻldiring! https://forms.gle/rpVuFvVeUvSShEFg7 Ro’yxatga olish jarayoni joriy yilning 22-yanvar sanasiga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, U-20 Osiyo kubogi joriy yilning
Oʻzbekiston U20 terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan yoshlar terma jamoamizning bu galgi yigʻini 28-dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
“Yosh Yulduz” 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi kumush medali sohibi, shuningdek, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev “Yosh Yulduz” sovrinini qoʻlga kiritdi. Fayzullayev joriy mavsum Coca-Cola Superliganing 21 ta oʻyinida maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Fargʻonaning “Istiqlol” stadionida Qirgʻiz Olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. ⚽️ Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston — Qirgʻiz Respublikasi 📅 25-28-noyabr 🕰 16:00 🏟 “Istiqlol” stadioni
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “JAR” stadionida oʻtkazilgan bahsda mehmonlar bitta top farqi bilan gʻalaba qozondilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 2:3 Koreya 🇰🇷 Gollar: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 1ʼ, Li Junsang 11ʼ, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 45+2ʼ, Li Yongjun 85ʼ, Bae Junho 90+5ʼ.