Oʻzbekiston U20 terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan yoshlar terma jamoamizning bu galgi yigʻini 28-dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
“Yosh Yulduz” 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi kumush medali sohibi, shuningdek, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev “Yosh Yulduz” sovrinini qoʻlga kiritdi. Fayzullayev joriy mavsum Coca-Cola Superliganing 21 ta oʻyinida maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Fargʻonaning “Istiqlol” stadionida Qirgʻiz Olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. ⚽️ Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston — Qirgʻiz Respublikasi 📅 25-28-noyabr 🕰 16:00 🏟 “Istiqlol” stadioni
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “JAR” stadionida oʻtkazilgan bahsda mehmonlar bitta top farqi bilan gʻalaba qozondilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 2:3 Koreya 🇰🇷 Gollar: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 1ʼ, Li Junsang 11ʼ, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 45+2ʼ, Li Yongjun 85ʼ, Bae Junho 90+5ʼ.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi “Lokomotiv” stadionida Koreya Respublikasining 20 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Qiziqarli oʻtgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari bitta gol kiritgan holda oʻz darvozalaridan ham toʻp olib chiqishga majbur boʻldilar. Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuvda gʻolib nomi aniqlanmadi. Eslatib oʻtamiz, keyingi uchrashuv 8-noyabr sanasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Koreya 🇰🇷