Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Hayrdarov uchrashuvdan soʻng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Oʻyin haqida: Indoneziyaga qarshi oʻyin biz uchun juda muhim edi. Shu sababli bor eʼtiborimizni mazkur oʻyinga qaratgan edik. Uchrashuvda gʻalaba qozonishni maqsad qilgandik, biroq bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqiblarimiz ham ajoyib oʻyin koʻrsatishdi, ular himoyada ancha tartibli oʻynashdi. Tarkibdagi oʻzgarishlar
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining 3-turida Indoneziyaga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Fargʻonaning “Istiqlol” stadionida oʻtgan bahsda darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Indoneziya 🇮🇩 Mazkur uchrashuvdan soʻng Ravshan Haydarov jamoasi 7 ochko jamgʻargan holda “A” guruhidan peshqadam sifatida keyingi bosqichga yoʻl oldi. Vakillarimiz chorak finalda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining ikkinchi turida Iroq U-20 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” stadionida oʻtkazilgan bahsda yoshlarimiz irodali gʻalabani qoʻlga kiritdilar. 🇮🇶 Iroq 0:1 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gol: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 17ʼ. Chetlatish: Shahzodbek Rahmatullayev 44ʼ.
Ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida Iroqqa qarshi uchrashuv oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq koʻk libosda, darvozabonimiz esa toʻq sariq libosda harakatlanadi. Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Yahyo Almulla (BAA) ishlaydi. Unga qanotlarda Ahmed Sayid Alrashdi (BAA) hamda Faysal Eid Alshammari (Qatar) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa bahraynlik Ibrohim
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Suriyaga qarshi uchrashuvdan soʻng jurnalistlarning savollariga javob berib oʻtdi. Bugungi uchrashuv haqida: Avvalambor, barchani futbol bayrami boshlangani bilan tabriklayman. Stadionga kelib, bizni qoʻllab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchiligimni bildiraman. Bugungi uchrashuvga kelsak, oʻyin qiyin kechdi. Biz buni kutgandik va bunga tayyorlangandik. Endilikda shu ruhda ishlashda davom etishimiz kerak. Uchrashuvdagi