Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “JAR” stadionida oʻtkazilgan bahsda mehmonlar bitta top farqi bilan gʻalaba qozondilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 2:3 Koreya 🇰🇷  Gollar: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 1ʼ, Li Junsang 11ʼ, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 45+2ʼ, Li Yongjun 85ʼ, Bae Junho 90+5ʼ.

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi “Lokomotiv” stadionida Koreya Respublikasining 20 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Qiziqarli oʻtgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari bitta gol kiritgan holda oʻz darvozalaridan ham toʻp olib chiqishga majbur boʻldilar. Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuvda gʻolib nomi aniqlanmadi. Eslatib oʻtamiz, keyingi uchrashuv 8-noyabr sanasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Koreya 🇰🇷 

Batafsil

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Toshkentdagi yigʻin doirasida koreyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Ravshan Haydarov shogirdlari bugun mazkur uchrashuv oldidan rasmiy mashgʻulot oʻtkazdi. Quyida mashgʻulotlardan olingan fotogalereya bilan tanishishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 — Koreya U-20 oʻyini 5-noyabr kuni “Lokomotiv” stadionida soat 15:00 da start oladi.    

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2-noyabr kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan yoshlarimiz yigʻin doirasida 5-8-noyabr kunlari Koreya U-20 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Har ikkala bahs Toshkentda boʻlib oʻtadi. 5-noyabr 🇺🇿Oʻzbekiston — Koreya R. 🇰🇷 8-noyabr 🇺🇿Oʻzbekiston — Koreya R. 🇰🇷 Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb 

Batafsil