U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazmoqda. 5-iyunda start olgan “Chig’atoy” bazasidagi ushbu yig’inga 25 nafar futbolchi jalb etilgan. Bosh murabbiy Olim Shokirov U16 O’zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni va oldindagi rejalari haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
O’zbekiston U16 terma jamoasi Toshkentdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda Quyida mashgʼulotlardan olingan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
Olim Shokirov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. Bahrayn davlati mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamiz 15-iyunga qadar mashg’ulotlarni davom ettiradi. E’tiboringizga mashg’ulotlardan tayyorlangan videolavhani taqdim etamiz.
Bahraynda o‘tadigan U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qisqa tanaffusdan so’ng yana mashg’ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U16 terma jamoasi poytaxtimizdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazdi. O’smirlar terma jamoamizning bu galgi mashg’ulotlariga 25 nafar futbolchi jalb etilgan. Shuningdek, yig’in avvalidan barcha futbolchi va murabbiylar shtabi tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi.