Bugun “Paxtakor” stadionida oʻzbek futboli afsonasi Birodar Abduraimovning yubileyi munosabati bilan oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Unda yurtimizning faxriy futbolchilaridan iborat OʻFA terma jamoasi hamda Abduraimov bilan turli davrlar va mamlakatlarda faoliyat olib borgan doʻstlaridan tarkib topgan jamoa oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Qiziqarli va kurashlarga boy oʻtgan oʻyinda doʻstona durang (3:3) qayd etildi. Uchrashuvdan fotogalereya
14-may kuni mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va murabbiy Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi oldi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Birodar Hasanovich va yaqinda oʻzining 60 yoshini qarshilagan Igor Shkvirinning yubileyi munosabati tadbir boʻlib oʻtdi. OʻFAda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti maslahatchisi Odil Abdurahmonov, OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionati oldidan soʻnggi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Ravshan Haydarov jamoasi Urugvay U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. “Sentanario” stadionida oʻtkazilgan bahsda mezbonlarning qoʻli baland keldi. Maʼlumot oʻrnida, vakillarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun 16-may kuni Santiago del Estreo shahriga joʻnab ketadi. Yoshlarimiz ochilish oʻyinida Argentinaga qarshi maydonga tushadilar. Urugvay 2:0 Oʻzbekiston
O’zbekiston U14 terma jamoasi “Rivojlanish kubogi-2023” xalqaro turniri g’olibiga aylandi O’zbekiston U14 1:0 Livan U14 Gol muallifi: Amirxon Erkinov 42′. Dilshod Nuraliyev shogirdlari 3 ta bahsda 9 ochko to’plagan holda musobaqa go’libligini qo’lga kiritishdi Amirxon Erkinov — “Turnirning eng yaxshi futbolchisi”
Osiyo kubogi final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo’lib o’tdi Qur’a natijalariga ko’ra Oʻzbekiston terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi