Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyida yurtimiz maydonlarida U-20 ayollar Osiyo kubogi oʻtkaziladi. Osiyo futbol konfederatsiyasi ushbu turnirni yoritmoqchi boʻlgan OAV vakillari uchun akkreditatsiyadan o’tish davom etmoqda. Barcha turdagi OAV vakillari 25-fevralga qadar OFKning media platformasi orqali akkreditatsiyadan oʻtishlari mumkin:
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan III bosqichli “Talabalar ligasi” musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi 1-tur o‘yinlari yakunlandi. Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Toshkent shahar bosqichida poytaxtimizdagi 42 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 7 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok
Bugun OʻFAda texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida FIFA vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon, belgiyalik taniqli mutaxassis Gi Kiala hamda masʼul mutasaddilar ishtirok etdi. OʻFA rahbari Oʻzbekistonda sportga, xususan, futbolga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, barcha terma jamoalarimiz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyilganini taʼkidladi. Bu
Asker Xalmuratov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “Rivojlanish kubogi”ning 2-turida mezbon Belarus jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Jamoamizning goliga 37-daqiqada Davron Toʻlaganov mualliflik qildi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining boshlangʻich tarkibi: 1. Rasul Mamatov (C) 3. Muhammadali Qodirjonov 4. Behruzjon Karimov 5. Diyor Ermanov 7. Quvonchbek Abrayev 8. Shahobiddin
Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Xanjariyev U-20 ayollar Osiyo kubogi oldidan oʻz fikrlarini bildirdi: Osiyo kubogiga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rdik. 2022-yilda ushbu turnir mamlakatimizda o‘tkazilishi aniq bo‘lgan va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan reja ishlab chiqilgan edi. 2023-yil fevral oyida Xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashdik, mart oyida Tailandda o‘tgan Osiyo kubogi saralash bahslarida