Timur Kapadze boshqaruvidagi O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz turnirdagi dastlabki uchrashuvini 17-aprel kuni soat 18:00 da Malayziyaga qarshi o’tkazadi.
O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarga yetib bordi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz Parij Olimpiadasi yo’llanmasi uchun yurishini 17-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan 18:00 da Malayziyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan futzal boʻyicha Jahon chempionatiga bagʻishlangan tashkiliy qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtdi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishda musobaqaning tashkiliy jarayonlari, xususan, butun dunyodan tashrif buyuradigan delegatsiya va mehmonlarni munosib kutib olish, ularga barcha sharoitlarni taqdim etish, mehmonxonalardagi qulayliklar, arenalar va mashg‘ulot maydonlari sifatini ta‘minlash
Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi 23-28-aprel kunlari UEFA Assist dasturi doirasida Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Vakillarimiz Belarus, Ozarbayjon va Nikaragua jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Mart oyida futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlariga qurʼa tashlangan edi. FIFA va OFK Osiyo qitʼasidan ishtirok etuvchi jamoalar qay tartibda guruhlarga joylashishiga aniqlik kiritdi. Unga koʻra: U-23 Osiyo kubogi gʻolibi — “D” guruhiga; U-23 Osiyo kubogi 2-oʻrin sohibi — “C” guruhiga; U-23 Osiyo kubogi 3-oʻrin sohibi — “B” guruhiga; U-23 Osiyo kubogi 4-oʻrin sohibi play-off oʻyinida