Bugun, 23-noyabr kuni Ayollar futboli boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogining final uchrashuvi o’tkazildi. Unda “Sevinch” va “OKMK-Women” jamoalari o’zaro bahs olib borishdi. “Sevinch” 4:0 hisobidagi g’alaba evaziga bosh sovringa ega chiqdi.
Bugun, 19-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 3-saralash bosqichi doirasida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Srechko Katanes boshqaruvidagi jamoamiz shu tariqa 6-turdan so’ng “A” guruhida 13 ochko jamg’argan holda 2-o’rinni egallab turibdi. Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 2025-yilning 20-mart kuni Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 18-noyabr kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda 1:1 hisobida yakunlandi. Oʻzbekiston 1:1 Iroq Gollar: Ravshan Hayrullayev 80’ — Karir Jafer 59’. 15-noyabr sanasida boʻlib oʻtgan dastlabki uchrashuvda Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoamiz 2:1 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Sergey Chigodayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Abbosbek Fayzullayevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi OFK tomonidan oʻtgan yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimida Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida e’tirof etilgan edi. Ayni kunlarda #MilliyJamoa tarkibida Vyentyan shahrida bo‘lib turgan futbolchimizga O‘FA rahbariyati tomonidan ushbu mukofot topshirildi.