Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Mamlakatimiz mezbonlik qilgan “CAFA U-17 Chempionati 2025” musobaqasi yakunlandi. Bugun, 31-may kuni, Sergey Chigodayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi final uchrashuvida Tojikistonga qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yinda jamoamizning gollariga Laziz Abduraimov va Suхrob Sadirjanov (dubl) mualliflik qildi. Shu tariqa, Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston ikkinchi, 

Batafsil

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat yoshlar jamoamiz bugun Fargʻonada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Vakillarimiz Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Bahslar 5 va 8-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. 🇺🇿 O‘zbekiston — Rossiya 🇷🇺 🗓 5-iyun 18:00 | 8-iyun 19:30 🏟 “Istiqlol” stadioni. Fargʻona Yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.

Toshkent shahrida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri davom etmoqda. Bugun, 28-may kuni Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda jamoamizning gollariga Ahrorbek Ravshanbekov (dubl), Suxrob Sadirjanov, Husanboy Atabekov mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston U-16 terma jamoasi “A” guruhida 1-o‘rin egallab turnirning finaliga yo‘l 

Batafsil

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 27-maydan navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz yig‘inning ikkinchi qismini xorijda davom ettirib, 4-iyun kuni Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing. Shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat yoshlar jamoamiz Fargʻonada Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bahslar 5 va 

Batafsil

Milliy jamoa 28-may kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz 29-maydan yig‘inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi. Vakillarimiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 5-iyun kuni BAAga qarshi safarda oʻyin oʻtkazsa, 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Qatarni qabul qiladi. Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.