Uchrashuv yakunlandi. Jamoamiz musobaqaning ilk oʻyinida Livanni 3:2 hisobda magʻlub etdi Gollar: Saidov 24’, Xayrullayev 50’, Bahromov 57’ — Shahin 65’, 90+5’.
Kecha Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi boshlandi. Ochilish o‘yinida mezbon Saudiya Arabistoni Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. “A” guruhining yana bir uchrashuvida esa Vetnam Iordaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 7-yanvar kuni “B” va “C” guruhlaridan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent vaqti
Bugun ham milliy terma jamoaga nomzod futbolchilar tibbiy va jismoniy koʻrikdan oʻtkazildi. Murabbiylar shtabi ularning jismoniy holati, sog‘lig‘i va funksional ko‘rsatkichlarini batafsil tahlil qilib, qayd etib borishdi. Rejaga koʻra, ertaga ham tibbiy va jismoniy koʻrik davom ettiriladi.
8-yanvar kuni Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo kubogi 1-turidan o’rin olgan Iroq — Xitoy jamoalari oʻrtasidagi bahsda oʻzbekistonlik hakamlar ishlaydi. Bosh hakam: Asker Najafaliyev Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo’ja Shavkatov VAR hakami: Firdavs Norsafarov
Matbuot anjumanida bosh murabbiy Ravshan Haydarov va futbolchimiz Saidumarxon Saidnurullayev ishtirok etdi. Ravshan Haydarov: — Assalomu alaykum. Avvalambor, mana shu musobaqada ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Tashkiliy tomondan barchasi ajoyib, OFK hamda mahalliy tashkiliy qoʻmitaga minnatdorchilik aytaman, barcha jamoalarga omad tilayman. — Biz bu musobaqani yaxshi koʻramiz va hurmat qilamiz. Bu turnirda reytingimiz baland, har doim yuqori